Xalq taʼlimi vazirligi va American Councils tashkiloti hamkorligida amalga oshirilayotgan English Speaking Nation: Secondary Teacher Training loyihasi doirasida 2021-yil mentorlarni tanlash jarayonining 1-bosqichidan oʻtgan, Toshkent shahar va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan 1028 nafar ingliz tili oʻqituvchilari TOEFL test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, loyiha umumtaʼlim maktablari ingliz tili fani oʻqituvchilarining til bilish darajasini aniqlash ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini takomillashtirish, oʻqituvchilarning oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan (learner-centred) pedagogik mahoratini oshirishda koʻmak berish, trener va mentorlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan.