Ingliz tilini biladigan mutaxassislarni tayyorlashda “Tinchlik korpusi” bilan hamkorlik qilinadi

    Xalqaro hamkorlik 25 Mart 2023 627

    Shu yilning 23-mart kuni BMTning Suv masalalari boʻyicha konferensiyasida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva Vashingtonda “Tinchlik korpusi” bosh direktori oʻrinbosari Tomas Pen bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda taʼlim va til oʻrganish boʻyicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi.

    Saida Mirziyoyeva davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan, jumladan, taʼlim sohasidagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun janob Penga chuqur minnatdorlik bildirdi.

    Suhbat chogʻida mamlakatimizda ingliz tilini oʻqitadigan amerikalik koʻngilli oʻqituvchilarning faoliyatini yangilash, jumladan, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, AKT va ilgʻor texnologiyalar kabi sohalarda ingliz tilidagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan masalalarni hal etishda Oʻzbekiston “Tinchlik korpusi” bilan yaqin hamkorlik qilishi juda muhim ekani taʼkidlab oʻtildi.

    — Ishonchim komilki, bugungi uchrshuvimiz ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, — deydi Saida Mirziyoyeva.