Inha universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma dasturlar amalga oshiriladi

    Ta'lim 9 Oktabr 2022 2852

    Koreya Respublikasida joylashgan Inha universiteti prezidenti Cho Myon Vu Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Maʼlumki, Toshkent shahridagi Inha universiteti 2018-2021-yillar davomida Janubiy Koreya tajribasi asosida akademik jarayonni amalga oshirgan holda «Kompyuter va dasturiy injiniring» hamda “Biznes va logistika” yoʻnalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshirib kelyapti.

    Shundan kelib chiqqan holda, uchrashuv davomida Inha Universiteti bilan chuqur muzokaralarga asoslangan muhim masalalar muhokama etildi.

    Jumladan, Toshkent shahridagi Inha universitetida onlayn daraja dasturlari qoʻshma loyihasini ishga tushirish, bakalavrda yangi talabgor taʼlim yoʻnalishlarini ochish, Universitet xodimlarini doktorantura dasturiga yuborish va universitet talabalari uchun Inha grantini joriy etish boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi.

    “Dastlab, Toshkent shahridagi Inha universitetini tashkil etayotganimizda faqat sifatga ishlashni maqsad qilgan edik. Hozirga kelib ushbu universitet taʼlim berish boʻyicha Oʻzbekistondagi eng yaxshi universitetlardan biri boʻlib turibdi. Sifatli kadrlarni tayyorlashda Inha universiteti oʻzini oqlab kelyapti”, – dedi AKT vaziri Sh. Shermatov uchrashuvda.

    Oʻz navbatida, BPO yoʻnalishida ham hamkorlik qilish, yoshlarni ushbu sohaga koʻproq jalb qilish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.