Bu talabalar oʻtgan yilgi Oʻzbekistondagi M-Gov Award tanlovida birinchi 7 talikka kirgan, lekin gʻoliblikni boshqa jamoalar qoʻlga kiritgandi. Sababi ularning loyihalari Oʻzbekistondan koʻra koʻproq boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga mos boʻlgan.
Yutgan loyihalari Donʻt waste deb nomlanadi va turli xil ovqat pishiruvchi korxonalardagi ortiqcha qolib ketayotgan ovqatlarni uvol qilmasdan, yesa boʻladiganlarini boshqa insonlarga, isteʼmolga yaroqsizlarini esa fermalarga yoki qayta ishlashga yuborish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan.