Innovatsiyalarni joriy qilish boʻyicha Milliy ofis tashkil etildi

    Fan 3 Aprel 2021 1912

    “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi negizida davlat muassasasi shaklidagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi (Milliy ofis) tashkil etildi.

    Milliy ofis ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratish, joriy etish, koʻpaytirish va ularni tijoratlashtirishni amalga oshiradi.

    Milliy ofis bosh direktori innovatsion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

    Qaror bilan shuningdek, Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yana-da takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.