Voqea ushbu qurilish obyektining oqava suvlari uchun xandaq qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, mazkur xandaqni qazish ishlari yer sathidan 4 metr chuqurlikka yetganda, tuproq qatlami koʻchib, fuqaro ustiga tushib ketadi. Ayni hodisaga guvoh boʻlgan quruvchilar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, sodir boʻlgan vaziyat haqida xabar bergan.

Zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar fuqaroni chuqurlikdan olib qichib, tibbiy yordam xizmatiga topshirdilar, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.