Bugun Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazda «Inson huquqlari himoyasi uchun« koʻkrak nishonini topshirish marosimi oʻtkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo« AA.
Mukofot inson huquqlarini himoya qilishdagi katta hissasi, nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, taʼlim va targʻibot sohasidagi xizmatlari uchun topshirildi. Marosimni Milliy markaz direktori Akmal Saidov olib bordi.
Mukofotlanganlar:
I. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy faoliyati uchun:
Mirboboyev Baxtiyor Shamsutdinovich – Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy sudining faxriysi;
Sayidov Toshpoʻlat Davronovich – “SAYIDOV TOSHPOʻLAT DAVRONOVICH” advokatlik byurosi rahbari;
Poʻlatov Abdukamal Qodirovich – Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining faxriysi.
II. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlarning faoliyati uchun:
“VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi;
«Taraqqiyot strategiyasi« markazi;
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi.
III. Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishdagi hissasi uchun:
Rahimova Gulnora Xoshimovna – Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari;
Xusanova Dilnoza Gʻafurovna – Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi.
IV. Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va targʻibotdagi hissasi uchun:
Matchanov Olimjon Otaboyevich – Oʻzbekiston IIV Akademiyasining fakultet boshligʻi;
“YURIST VA KADR” xususiy taʼlim muassasasi.
Tadbir yakunida Milliy markaz bilan samarali hamkorlik qilayotgan davlat tashkilotlari, ilmiy va jamoatchilik tashkilotlari vakillariga tashakkurnomalar topshirildi.