Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz direktori, akademik, Akmal Saidov hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Feruza eshmatovalar videokonferentsaloqa shaklda o'tkazilgan Evroosiyo Ombudsmanlari al`yansining VI yig'ilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi. "Evroosiyo mintaqasida yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb muammolari bo'yicha xalqaro ilg'or tajribalar almashinuvi" mavzusida bo'lib o'tgan muloqotlarda ishtirokchilar o'zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Al`yans yig'ilishida Rossiya Federatsiyasi, O'zbekiston, Serbiya, Armaniston, Qirg'iziston, Mongoliya, Qozog'iston, eron va Tojikiston Ombudsmanlari va milliy inson huquqlari institutlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va davlat hokimiyati organlari, inson huquqlari hamjamiyatlari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlar huquqlarini ta'minlash, jumladan, ularga ta'lim, sog'liqni saqlash, mehnat va tadbirkorlik faoliyatlarini yuritishlarida etarli imkoniyatlarni yaratish hamda ularni har tomonlama qo'llab quvvatlash bilan bog'liq masalalarni hal etish bo'yicha eng samarali xorijiy amaliyotlar haqida ma'lumotlar berildi.
eOA yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) F.eshmatova ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. U o'z so'zida O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangani va so'nggi 5 yil ichida yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha 50dan ortiq qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingani, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid siyosatida ikkita eng muhim yo'nalish sifatida ularga zamonaviy bilim berish va yoshlar bandligini ta'minlash masalalari belgilanganiga to'xtaldi.
SHuningdek, Jenevada bo'lib o'tgan BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashining 48-sessiyasida O'zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan COVID-19 pandemiyasining yoshlar huquqlariga ta'siri to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilinganiga ham e'tibor qaratdi.
Ta'kidlash lozimki, Evroosiyo Ombudsmanlari Al`yansi mintaqadagi inson huquqlari himoyachilarining sa'y-harakatlarini birlashtiradigan birinchi Ittifoq hisoblanadi. Ushbu tashkilot Evroosiyo davlatlari ombudsmanlarining o'zaro hamkorligini ta'minlab, o'z mamlakatlari fuqarolarining chet eldagi muammoli masalalarini tezkor hal etish imkonini beradi.
Evroosiyo Ombudsmanlari Al`yansining VI yig'ilishi yakunlariga ko'ra, Evroosiyo mintaqasida yoshlar huquqlari kafolatlarini ta'minlash mexanizmlarini mustahkamlashga doir masalalar muhokama qilinib, takliflar ishlab chiqildi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha
vakili (ombudsman) matbuot xizmati