Tadbirda xalqaro hamjamiyat tomonidan 1948-yili Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingani va ushbu xalqaro-huquqiy hujjatga dunyo ahli eʼtiborini jalb qilish maqsadida 1950-yili BMT Bosh Assambleyasi qarori bilan 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni deb eʼlon qilingani taʼkidlandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) mamlakatimizdagi doimiy vakili Akiko Fudzii hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi elchi Antti Karttunen soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Hukumatining bu boradagi saʼy-harakatlari kelgusida ham izchil qoʻllab-quvvatlanishiga ishonch bildirildi.
Tadbir davomida Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyati, inson huquqlari sohasidagi taʼlim, fan va targʻibot hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun bir guruh fuqarolar, xalqaro tashkilotlar hamda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Jamoatchilik kengashining faol aʼzolari va xalqaro hamkorlar Milliy markazning tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.








