Oʻzgidromet shu haftada kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi

    Mamlakatimizda 28 Mart 2022 4759

    Bugun kunduz kuni hududlarning katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    Kunduz kuni havo 15-17° iliqgacha, janubda 20-22° iliqgacha isiydi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga boʻyi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi.

    Bugun kechga tomon va ertaga antitsiklon kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika hududlari boʻyicha (shimol va chekka janubdan tashqari) baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Sovuq front oʻtishida kunduzi harorat 7-10° gacha pasayadi.

    30-martdan 1-aprelgacha Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 30-martda havo harorati kechasi 0-3° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq atrofida boʻladi. Hafta oxiriga kelib, kechasi harorat 5-10° iliqgacha koʻtariladi, kunduzi havo 17-22° iliqgacha, janubda 23-25° iliqgacha isiydi.

    Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.