Bugun Payariqda tuman hokimi I.Jabborov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi boshlig'i X.Nazarov va jamoatchilik vakillari ishtirokida ushbu markazning binosi foydalanishga topshirildi.
Yangi va zamonaviy jihozlangan ushbu markazlarda fuqarolar hamda markaz xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Endilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlarning 30 turi “Inson” markazlarida xizmatlar ko‘rsatiladi.
Bunda, nogironlikni belgilash, protez-ortopediya bilan ta’minlash, sanatoriylarga yuborish, psixologik yordam va ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.