Buni tushungan holda yirik kompaniyalar marhumlarning sahifalari uchun turli choralarni taklif qilmoqdalar

Ijtimoiy tarmoqlar tez surʼatlarda oʻsib borayotganini hisobga olib, yaqin oʻn yilliklarda vafot etganlarning sahifalari soni tirik odamlar sahifalaridan oshib ketishi roʻy berishi mumkin.

Shu bilan birga, oʻtib ketgan odamning sahifasi koʻpincha uning qarindoshlari va doʻstlari uchun ziyorat obyekti boʻlib qoladi. Buni tushungan holda yirik kompaniyalar marhumlarning sahifalari uchun turli xil choralarni taklif qilmoqdalar, dedi “Praym” agentligiga bergan maʼlumotida “Roskachestvo” raqamli ekspertiza markazi rahbari Anton Kukanov.

“Misol uchun, Facebook foydalanuvchilarga sahifaga kirish huquqini meros qilib beriladigan ishonchli shaxsni tanlashga va uning hayoti davomida vidolashuv xabarini yozishga imkon beradi (marhumning sahifasi ismi yonida ”Remembering“ xotira maqomi paydo boʻladi). Hujjatlarni koʻrsatish orqali oila aʼzosi ham merosxoʻrga aylanishi mumkin. Shuningdek marhumning qarindoshlarining iltimosiga koʻra shaxsning sahifasini butunlay yoʻq qilish mumkin”, - deydi ekspert.