«Birgalikda boshlagan ishlarimiz har bir mehnat jamoasi, har bir xodim va uning oilasi uchun manfaatli boʻlayotganiga yana bir bor amin boʻldim.
Bundan buyon ham “Inson qadri uchun”, degan ezgu gʻoya Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi.
Fursatdan foydalanib, siz, azizlarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yillik yubileyi va yaqinlashib kelayotgan kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxt-saodat, fayzu baraka tilayman», — dedi Prezident uchrashuv yakunida.









