Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Gʻozgʻon shahar hamda Nurota tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi tomonidan “Siz hamisha eʼzozdasiz” shiori ostida Gʻozgʻon shahrida istiqomat qilayotgan 2-jahon urushi qatnashchisi Tursunqul bobo Ergashev xonadonida boʻlib, u kishi holidan xabar olindi.
Viloyat madaniyat boshqarmasidan tashrif buyurgan sanʼatkorlar tomonidan koʻngilni xushnud etuvchi dilrabo kuylar kuylandi.
Gʻozgʻon shahar 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan otaxonning uy yumushlariga koʻmaklashildi.