Unga koʻra:

  • 11 va 12-turar joy binolarining yuk koʻtaruvchi  konstruksiyalarida  nuqsonlar, yoriqlar va boshqa  shikastlanishlar  kuzatilmaganligi  sababli  qoniqarli holatda ekanligi aniqlandi;
  • turar joylarning yer toʻla devorlari  beton sinfi B20 (M250), devor panellari beton sinfi B (M250) va tom yopma  plitalari  beton sinfi  B25 (300M)ni tashkil etmoqda.

Ayni damda ushbu qurilish obektida   SHNQ 2.02.01.98 "Bino inshootlar asoslari" meʼyorlarining  2.68, 2.69 va 3-13-bandlari talablariga asosan har 300 mmda qatlam-qatlam gruntning  mustahkamligi  1.65/m3 ga yetgunga qadar  shibbalab, uni qayta koʻmish ishlari bajarilmoqda hamda SHNKning 2,01,09-97 yaʼni "Choʻkuvchan  va oʻta choʻkuvchan  gruntli  hududlarda quriladigan  bino va inshootlar" 9-bandiga talablariga muvofiq bino premetri  boʻylab eni  200 mmli  tarkibida  nometall armaturasi boʻlgan qalinligi 100 mmli  beton yoʻlak, yaʼni (otmostka) ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ilk bosqichdagi ishlarni bajarish uchun  pudrat  tashkilotiga loyihaviy yechimlar taqdim etildi.

Amalga oshirilayotgan loyihaviy yechimlar pudrat  tashkiloti  tomonidan toʻliq  bajarilgandan soʻng ushbu binolarni kelajakda xavfsiz ravishda  ekspluatatsiya qilish boʻyicha  ikkinchi navbatdagi konstruktiv loyiha yechimlari ishlab chiqiladi.

Yuqoridagi holatdan kelib chiqqan holda mutaxassislar tomonidan hozirda ushbu turar joy  binolari avariya holatida emasligi aniqlandi.