25 fevral kuni soat 21:46 da 2010 yilda tug'ilgan voyaga etmagan, xususiy maktabning 10-sinf o'quvchisi “BMW M4” rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, Mirobod tumani Mirobod ko'chasi bo'ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yuborgan.
YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv yakunlariga ko'ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.