Instagramda “yaqinda oʻchirilgan” maʼlumotlarni tiklash funksiyasi paydo boʻldi

    Bilasizmi? 3 Fevral 2021 8132

    Instagram ijtimoiy tarmogʻi yaqinda oʻchirilgan maʼlumotlarni tiklash funksiyasini eʼlon qildi. Bu haqda mazkur serverning rasmiy blogida xabar beriladi.

    Foto va videolarni 30 kun davomida tiklasa boʻladi, tarixni esa – 24 soat ichida. Kontentni tiklash uchun menyudagi “Sozlash”ga kiriladi, keyin esa —“hisob yozuvi”ga, keyin — “Yaqinda oʻchirilganlar”ga. Aynan shu boʻlimda tushirilgan suratlarni butunlay, muddatidan avval oʻchirish mumkin. Lekin siz buning uchun akkaunt egasi ekanligini isbotlashingiz zarur boʻladi.

    “Instagram” vakilining soʻzlariga qaraganda Xakerlar baʼzan hisob yozuviga kirgach, kontentni oʻchirib yuboradi, va hozirga qadar odamlarda oʻz surat va videolarini qaytarish imkoni yoʻq edi. Shuningdek endi bugundan boshlab, foydalanuvchilardan postlarini butunlay oʻchirish yoki tiklashdan avval hisob yozuvining qonuniy egasi ekanligini tasdiqlashlari soʻraladi, deb xabar beradi Rg.ru.