Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar T.N. va D.N. boshqa bir fuqaro H.ga go'yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to'g'risida diplom olib berishi evaziga  3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.