Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy taʼlim muassasalari talabalarini qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib ragʻbatlantirish hisoblanadi.

Tanlov natijalariga koʻra, Ixtiyorbek Norov ilmiy ishlari, qoʻlga kiritgan yutuqlari va tanlov davomidagi saralash jarayonlari hisobga olingan holda I oʻringa munosib deb topildi va “MDHning eng yosh olimi-2020” yozuvi tushirilgan koʻkrak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi.