баннер
14 Mar 2025
02:13

    Intellektual mulk himoyasi kuchaytirilmoqda

    Intellektual mulk obyektlariga oid mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

    Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi nazarda tutilmoqda, deya xabar beradi Qonunchilik palatasi axborot xizmati.

    Qayd etilishicha, qonun loyihasi dastlabki tarzda koʻrib chiqilmoqda. U bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Fuqarolik kodekslariga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni, shuningdek, sanoat mulki obyektlariga boʻlgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda.

    Xususan, intellektual mulk obyektlariga doir shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bunday obyektlarga oid mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

    Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiya yigʻilishlari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech