Qayd etilishicha, joriy yilning 28-fevral kuni taxminan soat 22.00 larda Yakkasaroy tumanidagi internet klublaridan birida, 2002-yilda tug‘ilgan A.B. va tanishi 2002-yilda tug‘ilgan M.A. o‘zaro gap talashib qolganligi sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Natijada fuqaro M.A. tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.