баннер
24 Apr 2025
04:03

    Internetda “Abdulloh“ nomi bilan tanilgan “tiktoker“ qamoqqa olindi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh nomi bilan tanilgan tiktoker Yugay Valeriy qamoqqa olindi.

    Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh taxallusi bilan tanilgan Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli shaxs 2024-yilning oktyabr-noyabr oylarida Koreyada yashab, oʻzining tarmoqdagi sahifalari orqali millatlar aro nizo keltirishi mumkin boʻlgan hamda oʻzbek xalqiga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni aytib, chiqishlar qilgan. Uning bu soʻzlari koʻplab oʻzbekistonliklarning eʼtirozlariga sabab boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu shaxs shu yilning 25-mart uni Abu-Dabi — Samarqand yoʻnalishi orqali Oʻzbekistonga kelganda huquq-tartibot xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

    Hozirda unga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek unga “qamoqqa olish“ tarzdagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech