Internetda Prezidentni haqoratlab, izoh yozgan yigit 5-yilga qamaldi

    Namanganda 1996-yilda tugʻilgan yigit prezidentga qarshi haqoratli izohlar yozgani uchun sudlandi.

    Aniqlanishicha, sudlanuvchi 2016-yil 26-sentyabr kuni Oʻzbekistondan Ozarbayjonga borib, 2016-yil 30-sentyabr kuni u yerdan fuqarolik pasportiga dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun maxsus ruxsat stikeri rasmiylashtirilmagan boʻlsada, belgilangan tartibni buzib, Eronga kirib, qonunga xilof ravishda chet elga chiqqan.

    Bundan tashqari, D.Tursunov oʻz harakatlarini davom ettirib, Facebookʻda 2023-yil 8-may kuni ushbu profiliga “Oʻzbekiston Prezidenti” Moskvada Gʻalabaning 78-yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etadi” nomli maqoladan koʻchirib olingan ekran tasvirini joylashtirib, ushbu postda Oʻzbekiston prezidentini haqoratlagan va unga tuhmat qilgan.

    Bundan tashqari u Facebook orqali turli postlarga davlatga qarshi izohlar qoldirgan.

    Sud hukmi bilan sudlanuvchi JKning 158-moddasi 3-qismi va 223-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga uzil-kesil 5-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.