Investitsiya hisobiga tashkil etilgan ayrim korxonalar hozirda ishlamayotgani tanqid qilindi

    Soʻnggi ikki yilda chetdan kelgan, biroq haligacha oʻrnatilmagan 183 million dollarlik uskunalarni toʻliq ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

    Viloyat hokimlari, tarmoq rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalardagi ishlab chiqarishni kamaytirgan korxonalar bilan manzilli ishlash topshirildi.

    Investitsiya hisobiga tashkil etilgan ayrim korxonalar hozirda ishlamayotgani tanqid qilindi. Shu munosabat bilan har bir loyiha bilan yakka tartibda ishlash, muammosini hal qilishga koʻmaklashish shartligi qayd etildi.