Shu bilan birga, yetarli sharoit boʻla turib, investitsiya rejasi toʻqimachilikda 17 million dollarga kam bajarilgani, investitsiya “Oʻztransgaz” va “Oʻzmetkombinat«da 2 barobar, «Oʻzsuvtaʼminot”da 20 foizga pasaygani koʻrsatib oʻtildi.
Ushbu tashkilotlar rahbarlari shu yil birinchi chorakda oʻzgarish qilmasa, ularning faoliyatiga baho berilishi haqida qattiq ogohlantirildi.
Ekologiya, Qishloq xoʻjaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmatsevtika va Oʻrmon xoʻjaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qoʻmitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past boʻlgani tanqid qilindi.
Umuman, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Transport, Sport, Oliy taʼlim, Madaniyat, Ekologiya, Qishloq xoʻjaligi, Raqamli texnologiyalar, Qurilish vazirliklarining investitsiya va grant olib kelishi bor imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Salohiyati yuqori boʻlgan Fransiya, Yaponiya, Italiya, Vengriya, Malayziya, Ispaniyadan oʻtgan yili 100 million dollar ham investitsiya kelmagani qayd etildi.