Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga goʻyoki AQSH elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Qoʻshma Shtatlarga yuborish evaziga 14 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.