Klubning maqsadi – boshqaruv sohasida ayollarning raqobatbardoshligini oshirish hamda vazirlik boshqaruv xodimlari orasida gender tengligini taʼminlash, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Klub aʼzolarining barchasi vazirlik Markaziy apparati ayol xodimlaridir.

Klub ayollar uchrayotgan asosiy qiyinchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkonlarini oʻrganish, ularni bartaraf etish boʻyicha yechimlarni ishlab chiqish hamda boshqaruv fazilatlari va yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan treninglar orqali ayollarning rahbarlik koʻnikmalarini rivojlantiradi.

“Ayollar klubi” uchrashuvlar va motivatsion treninglar shaklida faoliyat yuritadi hamda aʼzolari oʻrtasida oʻzaro fikr va tajriba almashishning samarali platformasi boʻlib xizmat qiladi.

“Ayollar klubi”ning dasturiga boshqaruv uslublari va usullari, ayol rahbarning imidjini shakllantirishga, muzokaralar olib borish koʻnikmalariga, Oʻzbekiston ayollarining huquq va imkoniyatlari boʻyicha treninglar, taqdimotlar, mahorat darslarini oʻtkazish kiritilgan.

Dastur 6 oyga moʻljallangan boʻlib, uning yakunida ishtirokchilar tegishli sertifikatga ega boʻladilar.