Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” texnoparki shaklidagi texnoparklarni 2023–2026-yillarda bosqichma-bosqich barpo etish belgilangan.
Qarorga muvofiq, texnoparklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- texnoparkda iqtidorli yoshlar, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-oʼqituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb etish;
- texnoparkda biznes-inkubatorlar, tajriba maydonchalari tashkil qilish;
- tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ularni joriy etish va moliyalashtirish;
- yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari, ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari oʼtkazish.
Investitsiya loyihalari markazi tuzilmasida Ilgʼor loyihalar va injiniring markazi tashkil etiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “Investorlarga koʼmak markazi” tashkil etiladi.
Markaz innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida koʼmaklashib boradi.