Ipak qurti boqish mavsumini qizgʼin tashkil etish ishlari jadallik bilan ketmoqda. Viloyatda joriy mavsumda 89 ming ish oʼrni yaratilib, ishsiz aholining bandligi taʼminlanishi, ularga daromad manbai yaratish ishlari rejalartirilgan.
Namangan viloyati "Аgro-pilla" MChJ rahbari boshchiligida 100 kishidan iborat ishchi guruh tashkil etilib, xonadonlarda parvarishlanayotgan ipak qurti urugʼlari nazoratini olib bormoqda.
Shuningdek, bugun Yangiqoʼrgʼon, Chortoq, Chust tumanlarida ipak qurti urugʼlarini tarqatish, viloyatning barcha tumanlari kesimida ipak qurti uchun soʼkichaklar tayyorlash, ipak qurtlarini siyraklatish ishlari amalga oshiriladi. 400 kishidan ibrat ishchi guruh shakllantirilib, ishsiz aholini bandligini taʼminlash ishlari olib borilmoqda.