Janob R.J.Hoffman - madaniy turizm va meros, shuningdek, dinshunoslik sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan salohiyatli mutaxassis. U AQShning “Harvard”, Buyuk Britaniyaning “Oksford”, Germaniyaning “Heidelberg” universitetlarida tahsil olib, MTS magistri, tarix va arxeologiya fanlari bo‘yicha doktorlik darajasiga ega bo‘lgan.
Shu bilan birga, R.J.Hoffman Buyuk Britaniyadagi “Kembrij” va AQSh’ning “Kornell” kabi dunyoning yetakchi universitetlarida ilmiy ishlar bo‘yicha boshqaruv lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Hoffman Osiyo jamiyati (UNESKO) tomonidan homiylik qilingan “Religions of the Silk Road. A History of Cultural Interchange from the Death of Alexander to the Islamic Renaissance” tadqiqot loyihalarida “Oksford” universiteti nashriyotida bosh muharrirlik qilgan. Uning muallifligi ostida - 9 ta va muharrirligida - 7 ta monografiya hamda 273 ta ilmiy, ensiklopedik maqola va sharhlar chop etilgan.