Oʻzbekistonlik yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yoʻlida” filmi “Moskva premyerasi” Hamdoʻstlik mamlakatlari filmlari xalqaro festivalining ikkita sovriniga ega boʻldi.
“Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi Rossiya kinoklublari federatsiyasi hakamlar hayʼati tomonidan tanlovning “Konseptual nigoh uchun” maxsus mukofotiga va eng yaxshi qisqa metrajli film uchun topshiriladigan “Nozik did bilan bayon etilgan hikoya uchun” mukofotiga loyiq topildi.
Eslatib oʻtamiz, yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yoʻlida” filmi qayta tiklangan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida Gran-pri mukofotini qoʻlga kiritgan.