IPhone kelgusida butunlay qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlanadi

    Amerikaning Apple korporatsiyasi bosh direktori Tim Kuk kelajakda IPhone butunlay qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlanishini ma'lum qildi, deb yozadi Gadget Tendency internet nashri.

    Korporatsiya rahbari “VivaTech 2021” texnologik konferentsiyasida Apple kompaniyasining ba'zi rejalari bilan o'rtoqlashdi. “Yangi IPhone ishlab chiqarishda Er resurslaridan foydalanilmaydi, chunki ular qayta tiklanadigan manbalarga bog'liq bo'ladi”, — dedi u.

    “Odamlarni uglerod neytralligi haqidagi tushunchalarini kengaytirish va 2030 yilgacha barcha qiymat zanjirini qayta tiklanadigan manbalarga o'tkazib, uglerod neytralligiga erishishga umid qilish kerak”, deya ta'kidladi Kuk.

    Apple rahbari, shuningdek, kompaniya ko'proq eski uskunalardan xom ashyoni tiklashga e'tibor qaratayotganini qo'shimcha qildi. Bundan tashqari, u suv dunyodagi eng qimmatbaho manbalardan biri ekanligini va Apple etkazib beruvchilar va sheriklarga suv resurslarini himoya qilish, uni tejashga yordam berish uchun qo'lidan kelganicha harakat qilishini aytdi.