Iqboljon Xoldarov (2-0, 2 KO) shu yil 21-may kuni Meksikada ringga koʻtarilishi haqida avvalroq xabarlar tarqalgan edi. Mazkur jangda hamyurtimizga mezbonlar vakili Ramon Barajas raqiblik qiladi. Bu haqda Xoldarovning oʻzi maʼlum qilmoqda.

Maʼlumot uchun, 37 yoshli Barajas professional boksda 43 ta jang oʻtkazib, 14-marta gʻalaba qozongan, 27 bor magʻlubiyatga uchragan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu oqshomda yana bir bokschimiz Hasanboy Doʻsmatov ham ringga chiqadi.