Iqlim oʻzgarishi va xalqaro hamkorlik

    Uchrashuvda suv resurslari, aylanma iqtisodiyot va qattiq chiqindilar boʻyicha qoʻshma hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Dushanbe shahrida boʻlib oʻtayotgan Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Markaziy Osiyo konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari I. Boqijonov hamda Qozogʻiston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M.Mirzagaliyev oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda suv resurslari, aylanma iqtisodiyot va qattiq chiqindilar boʻyicha qoʻshma hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Shu bilan birga, tomonlar Sirdaryo havzasida atrof-muhitni muhofaza qilish va suv sifati boʻyicha qoʻshma ishchi guruh ishini jadallashtirishga kelishdi.

    Bundan tashqari, Qozogʻiston tomoni C5 + 1 ishtirokchilari mamlakatlarining onlayn uchrashuviga taklifnoma taqdim etdi.

    Uchrashuv yakuni boʻyicha tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat oʻmitasi axborot xizmati.