Ob-havoning oʻzgarishi har xil turdagi koʻrshapalaklar yashaydigan Janubiy Xitoyda tropik oʻrmonlarning oʻsishiga turtki boʻldi. Oʻtgan asrning boshidan buyon bu hayvonlarning har xil turlari tobora koʻproq ana shu yerlardan qoʻnim topdi. Buning yomon joyi yoʻqdir, ehtimol, ammo koʻrshapalaklar odamlarga yuqishi mumkin boʻlgan eng koʻp yuqumli kasalliklarga ega. Ular orasida 3 mingdan ortiq turli xil koronavirus mavjud.
Potsdam iqlim oʻzgarishini oʻrganish instituti tadqiqotchilarining Science of the Total Environment jurnaliga bergan maʼlumotiga koʻra oʻtgan asrda sodir boʻlgan harorat, yogʻingarchilik va bulutlar oʻzgarishi natijasida Xitoyning janubiy Yunnan provinsiyasi, Birma va Laosning qoʻshni mintaqalarida tropik butalar oʻrnini asosan tropik bargli oʻrmonlar va savannalar egallagan.
Koʻrshapalaklar yashash joyi sifatida tropik oʻrmonlarni afzal koʻrishadi va bu joylarga tarqalib ketishgan. Koʻrshapalakning 40qa yaqin turi iqlim oʻzgarishi sababli Janubiy Xitoyda joylashgan, deyiladi tadqiqotda.
Koʻrshapalaklarning har bir turi oʻrtacha 2-3 ta koronavirus tashuvchisi boʻlgani sababli, Xitoyning janubiy qismi va uning chegaradosh mintaqalarida koʻrshapalaklar bilan birga 100 ga yaqin yangi koronavirus paydo boʻldi. Genetika maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, Sars-CoV-2 birinchi marta ushbu mintaqadagi koʻrshapalaklarda paydo boʻlgan.
Tadqiqotlarning fikricha, iqlim oʻzgarishi Sars-CoV-2ning uzatilishi va rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan mexanizmni ochib berdi. Biroq, tadqiqot mualliflari, iqlim oʻzgarishi boʻlmaganda, COVID-19 pandemiyasi yuzaga kelmas edi, deya taʼkidlamayapdi.
“Shuning uchun, hozirgi kunda iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yangi yuqumli kasalliklar sharoitida koʻrib chiqish va issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish har qachongidan ham muhimroq”, — deydi tadqiqotchilar.
Tadqiqotga jalb qilinmagan Syurix universiteti Tibbiy virusologiya instituti xodimi Zilke Shters iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan koʻrshapalaklar sonining ortishi Sars-CoV-2 epidemiyasi yuzaga kelishiga hissa qoʻshgan, deb ishonadi.