Toshkent shahridagi 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari – Mubina SHuhratullaeva, Alisa YAxontova, Bexruz Baxtiyarov, Vladimir Matveevlar “Tы geniy” Xalqaro tanlovining “Stop Koronavirus” nominatsiyasida birinchi, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi darajali diplomiga sazavor bo'ldi.
-Bunday tanlovlar yosh avlodning ma'naviy olamini boyitish, ularning madaniy saviyasini yuksaltirishga munosib hissa qo'shish bilan birga, tashabbuskor va fidoyi pedagoglarning ish tajribalarini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi CHilonzor tumanidagi 15-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi direktori Hamidulla Sagdullaev. - O'quv muassasamizning o'quvchilari musiqa va san`at yo'nalishlarida shahar, respublika va xalqaro tanlovlarda ham faol ishtirok etib, g'olib bo'layotganligi, qalbimizga o'zgacha bir g'urur bag'ishlaydi.
Maktab jamoasi 2019 yilning dekabr` oyida Moskvada shahrida o'tkazilgan Xalqaro onlayn tanlovida Gran Pri va 3 ta Oliy o'rinni, o'sha yili Germaniyaning GIZ tashkiloti tomonidan o'tkazilgan xalqaro onlayn tanlovda faxrli uchinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. Joriy yilning fevral` va mart oylarida Rossiyaning Voronej` shahrida o'tkazilgan “RIVE de RIVE” Xalqaro tanlovida 15 nafar yoshlarimiz onlayn tarzda qatnashib, yuksak o'rinlarni qo'lga kiritdi.