Milliy taraqqiyot strategiyasi davlatimiz va jamiyatimiz hayotining barcha sohalaridagi  barqarorlik, taraqqiyot, bunyodkorlikning o‘ziga xosligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, izchil va shiddatli demokratik islohotlarga xalqimiz va jahon hamjamiyatini bildirayotgan ishonchning yaqqol ifodasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida  strategiyaning eng birinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan 44 ta maqsad, ya’ni ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, yoshlar siyosati, ma’naviyat masalalariga taalluqli 156 ta amaliy chora-tadbir va 70 ta vazifa qamrab olingan.

Guliston davlat pedagogika institutida hozirgi kunda 2000 dan ziyod talaba tahsil oladi, shundan 50%i iqtidorli talaba sifatida hozirgi kunda o‘z ilmiy rahbarlari  bilan ilmiy- tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, bundan tashqari, iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida ham  strategiyaning eng birinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab o‘tilgan vazifasi sifatida bir qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi “Yoshlar akademiyasini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 349-sonbuyrug ‘ining ijrosini ta’minlahs maqsadida institutda “Yoshlar akademiyasi lider”i saylandi. Bundan tashqari oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9- avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘ining 1-ilovasi “Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024- o‘quv yili davomida “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi, “Yoshlar akademiyasi forumi”, “TOP 10 Innovattor” reytingi,
“Ideaton-Uzbekiston 2030” tanlovi, “Yoshlar akademiyasi liderlari” tizimi, “Ayollar biznesiga birinchi qadam tanlovi,  “Bo‘lajak olim” tanlovi, “Akademik harakatchanlik” dasturi kabi tanlovlarini belgilangan bandlar bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqada. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2008-yil 13-oktabrdagi O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qaroriga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyasining “Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi”ga 1 nafat talabamiz sazovor bo‘lganligi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Besh muhim tashabbus”ning birinchi tashabbusi rassomchilikga qiziqishlarini oshirish, iste’dodlarni yuzaga chiqarishga maqsadida Insitutning bakalvriyat talabalari uchun 3-bosqichli “Qalam tasvir” tanlovi tashkil etildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosarining 2023-yil 3-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 489-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat pedagogika institutining 2023-yil 4-noyabrdagi 11/154-O-sonli buyrug‘i bilan institutning 2-bosqich bakalavriyat talabalari uchun fakltet va institut bosqichi o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Fakultetlarda 7-nominatsiya bo‘yicha talabgorlarning hujjatlarini tanlov komissiyasi bilan ko‘rib chiqilib,  institut bosqichida ishtirok etish uchun taqdim etishdi. “Yil talabasi” tanlovinining institut bosqichiga taqdim etilgan nominatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni tanlov kommisiyasining  yakuniy qaroriga ko‘ra quyidagi talabalar institut bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritdilar.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab –quvvatlashga qaratilgan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda, shu jumladan “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab qo‘yilgan ustuvor maqsadlar ham yoshlarning kelgusida malakali kadr bo‘lib jamiyatimizga hissa qo‘shishlari uchun poydevor vazifasini bajaradi.

 

 

Mamasharipov Umidjon  Djumabayevich,
 Iqtidorli talalabalarning ilmiy-tadqiqot,
faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

  Axmadova Shahloxon Voxid qizi,

Iqtidorli talalabalarning ilmiy-tadqiqot,

faoliyatini tashkil etish bo‘limi mutaxassisi