Maktablarda ishqiy-romantik munosabatlarga yo'l qo'yilmaydi. YApon maktabi o'quvchisi maktab bufetiga kirmaydi. Sinfxonalarga davlat tomonidan uyushtirilgan ovqatlar olib kelinadi va o'quvchilar ularning hammasini eyishga majbur hisoblanadi. Yapon maktablarida yozgi kanikul berilmaydi. 5 haftalik kanikullar o'quv yili davrida beriladi va o'sha davrda ham o'qituvchilar o'quvchilar bilan muttasil shug'ullanib keladi.
Maktabda farrosh yo'q, bu vazifani o'quvchilarning o'zi bajaradi. SHuning uchun ham o'quvchilar hech qaerga ortiqcha narsalar tashlamaslikka va maktabni iflos qilmaslikka harakat qiladilar. O'quvchilarga turli-tuman soch turmaklari va lak-bo'yoqlar qat'iy taqiqlangan. Yapon bolalari boshlang'ich sinfdan keyin forma kiyishga o'tishadi. Shuningndek, har bir yapon o'quvchisi suzishni bilishi shart. Maktablarda tashkil etilgan basseynlarda hammaga suzish darslari o'tiladi va ular bu san'atni juda yaxshi egallagan bo'lishlari kerak. Sinovdan o'ta olmagan o'quvchi boshqa o'qituvchida qaytadan mashg'ulotlarni o'tib, keyin takroriy sinovdan o'tkaziladi. Maktabda bir o'quvchining o'z iqtidori bilan alohida ajralib turishiga yo'l qo'yilmaydi. "Iqtidorsiz o'quvchining o'zi yo'q" degan tushuncha yapon ta'lim tizimida ustuvor. YApon maktabi har bir o'quvchini teng va betakror deb biladi hamda ularni har taraflama tayyorlashga yo'naltirilgan.
Ha, yaponlar bu qoidalarni bejiz qo'llashmasa kerak. Bunday bolalarning kelajagi porloq bo'lmay, kimning kelajagi porloq bo'lsin? Bu qoidalar sizga ham yoqdimi? Bularni biz ham joriy etishni o'ylab ko'rsak yaxshi bo'larmidi...
Fozil FARHOD