Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi may-iyun oylari uchun COVID-19 ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari natijalarini maʼlum qildi

    Mamlakatimizda 23 Iyul 2020 2476

    Aholining bandligi jadal surʼatlarda oldingi darajalarga qaytishda davom etmoqda. Iyun oyida mahalliy mahsulotlarning tanqisligi kamaydi.

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglash” loyihasi doirasida “COVID-19” ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi.

    Maʼlumot uchun: “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglash” loyihasi (Listening to Citizens of Uzbekistan, L2CU) 1500 xonadonlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish orqali butun respublikadagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini oʻrganishni koʻzda tutadi. 2019-yildan buyon loyiha doirasida 22 ta soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻnggi soʻrovnoma 2020-yilning 21-iyunida oʻtkazilgan.

    Tadqiqot natijalari:

    Bandlik darajasi

    Iyun oyida aholining bandligi jadal surʼatlarda oldingi darajalarga qaytishda davom etdi. Kamida bitta oila aʼzosi boʻlgan uy xoʻjaliklarining ish bilan bandlik darajasi aprel oyida keskin 40 foiz punktiga qisqargan boʻlsa-da, keyinchalik iyun oyida 33 foiz f.p.ga koʻpaydi. Shunday boʻlishiga qaramay, xonadonlar aʼzolaridan kimdir “ishidan ayrilgan yoki ishlamay qolgani” haqida xabar bergan respondentlar soni aprel oyida 19 foizga oʻsdi va iyun oyida yana 3 foizga koʻpaydi. Soʻrovnomada deyarli barcha respondentlar faoliyatini toʻxtatib turilishini vaqtinchalik deb hisoblashgan. Biroq, bandlik darajasi 2019-yildagiga nisbatan pastroq boʻlsada COVID-19 pandemiyasidan oldingi tendensiyalar saqlanib qolmoqda.

    Bandlikning pasayishi oʻzini-oʻzi ish bilan band qilganlar orasida eng sezilarli va uzoq vaqt davom etdi. Oʻzini ish bilan band qilganligini koʻrsatgan respondentlarning ulushi aprel oyida 67 foizga tushib, iyun oyida 26 foizga pasayishda davom etdi. Aksincha, oylik maosh olib ishlaydigan odamlarni ishga qabul qilish (xodimlarning) iyun oyida oʻrtacha 2019-yil darajasiga qaytdi, shu bilan birga ayollarga nisbatan erkaklar orasida tezroq amalga oshdi.

    Boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha koʻrsatkichlar 80 foizga tushib ketgandan soʻng, yangi ish oʻrinlari soni koʻpayishi iqtisodiyotning tiklanish belgilarini koʻrsatmoqda. Ushbu pasayish 2019-yilning shu davriga nisbatan turizm, dam olish va koʻngil ochar xizmatlar (-95 foiz), restoranlar va barlar (-91 foiz), taʼlim (-85 foiz) sohalarida juda katta boʻldi. Iyun oyida tibbiyot va qurilish sohalarida jadal tiklanish kuzatilib eng kam taʼsir koʻrsatgan kasblar orasida ham oʻtgan yilning shu davriga nisbatan pasayish 50 foiz va undan koʻproqni tashkil etdi.

    Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

    Taxminan 3,8 million fuqaro hukumat yordamini turli shakllarda oldi. Pandemiya boshlanganidan keyin aholining 11 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri hukumat yordamini olganligi haqida xabar berdi. Yordamning eng katta qismi 92 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vaucherlar shakllarida berilgan va asosan shaharlarda koʻproq tarqalgan. Koʻrsatilgan yordam hajmi asosan daromadi past xonadonlar bilan bogʻliqligi yuqori boʻlib, mazkur dastur doirasida yordamning juda katta ulushi aynan ijtimoiy zaif uy xoʻjaliklariga yoʻnaltirilganligini tasdiqlamoqda.

    Moliyaviy farovonlik

    Daromadini yoʻqotgan uy xoʻjaliklarida xarajatlarning oshishi va pandemiyaning iqtisodiy taʼsiri haqida koʻproq tashvishga solgan. Respondentlarning 53 foizga yaqini oʻz xarajatlarida jiddiy oʻzgarishlar boʻlganini taʼkidlamoqda. Ularning 60-65 foizi oxirgi 30 kun ichida odatdagidan koʻproq pul sarflaganliklarini, qolganlari esa odatdagidan kamroq pul sarflaganliklarini bildirishgan. Xarajatlarning oshishi inqiroz davrida daromad yoʻqotilishi bilan bogʻliq.

    Inqirozdan oldin daromadi yuqori boʻlgan uy xoʻjaliklari taʼsiri ancha barqaror boʻlib chiqdi. Xarajatlari koʻpayganini bildirgan respondentlarda karantindan oldin ham isteʼmol darajasi yuqoriroq boʻlgan.

    Tovarlar tanqisligi

    Iyun oyida mahalliy mahsulotlarning tanqisligi kamaydi. Respondentlarning taxminan 1 foizga yaqini jamgʻarmalari tugaganini, bu aprel oyida eʼlon qilingan 16 foizdan ancha past ekanligini taʼkidlashgan. Ushbu mahsulotlar orasida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, un narxlarining oshishi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Dori-darmon va niqoblarning sotuvga chiqarilmagani haqida xabar berganlar aprel oyida 5 foizdan iyun oyida deyarli nolga tushdi.

    Migratsiya va pul oʻtkazmalari

    Pul oʻtkazmalarini qabul qiladigan uy xoʻjaliklarining ulushi iyun oyining boshida biroz tiklandi, ammo 2019-yilga nisbatan sezilarli darajada kam. Aprel oyida har qanday pul oʻtkazmalarini olgan uy xoʻjaliklari ulushi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kamaydi, shundan soʻng may va iyun oylarida biroz tiklandi. Pul oʻtkazmalarini olganlar uchun aprel oyida oʻtkazmalarning oʻrtacha hajmi 21 foizga kamaydi (inflyatsiyani hisobga olgan holda soʻmda), ammo may oyida Rossiya rublining kuchayishi natijasida oʻsdi.

    Respondentlarning kam qismi oila aʼzolari chet elda ishlashini taʼkidlashdi. Aprel oyida oila aʼzolari xorijda ishlayotgan uy xoʻjaliklarining ulushi 2019-yilning xuddi shu davriga nisbatan 3 foiz punktga kam boʻldi. Xorijda boʻlib turganlar orasida doimiy ish bilan band boʻlganlar ulushi 88 foizdan qariyb 73 foizga tushib ketgan. Migratsiya mavsumiy ravishda koʻpaygan bir davrda, 2019 va 2020-yillar oʻrtasidagi tafovut may va iyun oylarida yana-da ortdi. Aprel va iyun oylari orasida, kelajakda chet elga migratsiyasini reja qilayotgan uy xoʻjaliklarining ulushi deyarli nolga tushdi.

    Odamlarning fikrlari va xatti-harkatlari

    Koronavirusning salbiy taʼsirlaridan xavotir yuqori boʻlib qolmoqda. Respondentlarning deyarli barchasi COVID-19 nima ekanligini bilishlarini aytishgan va 75 foizdan koʻprogʻi COVID-19 bilan “juda yaxshi tanish” ekanliklarini aytishgan. Aprel va iyun oylari orasida COVID-19ning zararli taʼsiridan xavotirlar biroz pasaydi: sogʻliklari uchun xavflardan “juda xavotirda” ekanliklarini bildirganlar 64 foizdan 60 foizga tushdi, iqtisodiy oqibatlardan “juda tashvishlanayotganlar” 61 foizdan 56 foizga tushdi.

    Koʻplab fuqarolarning taʼkidlashlaricha, ular oʻtgan hafta hukumatning COVID bilan bogʻliq rasmiy bayonotlaridan xabardor. Aprel oyida 75 foizi rasmiy eʼlonlarni eshitganliklarini aytishgan va iyun oyida bu raqam 80 foizga etgan. Deyarli hamma televizor axborotning asosiy manbai ekanligini taʼkidladi. Apreldan keyingi davrda ijtimoiy ommaviy axborot vositalari (12 foiz) va matnli xabarlar (15 foiz) ham ommabop manbalar boʻlgan. Faqat bir necha fuqaro rasmiy eʼlonlar toʻgʻrisida gazetalar, radio yoki doʻstlaridan bilib olishlarini aytishdi.

    Taxminan 80 foiz respondentlarda pandemiya paytida ularning odatiy harakatlari oʻzgarganligini qayd etishdi. Asosan bu niqob taqish (98 foiz), oila aʼzolari va doʻstlariga tashriflarni qisqartirish (84 foiz), qoʻllarni tez-tez yuvish (81 foiz), qoʻl siqib koʻrishish, oʻpishish, salomlashish (77 foiz), ijtimoiy masofa saqlash (72 foiz), uydan tashqarida ishlashga kamroq vaqt sarflash (51 foiz), oʻzini oʻzi izolyatsiya qilish (17 foiz) da oʻz aksini topgan. .

    Respondentlar qoʻl yuvish talablariga yuqori darajada oʻsib borayotganligini maʼlum qilishdi. Soʻrovda qatnashganlarning taʼkidlashicha, ular qoʻllarini kuniga oʻrtacha 5,5-marta yuvadilar, bu aprel oyida qayd etilgandan 4,8-martaga koʻp. Respondentlarning oʻrtacha qatlami qoʻllarini kuniga oʻrtacha 10-marta yuvishlarini qayd etishgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar
    va islohotlar markazining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati.