Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari ma'lum bo'ldi

    1968-yilda Shvetsiya banki tomonidan ta'sis etilgan Alfred Nobel xotirasiga bag'ishlangan iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti uch tadqiqotchiga – Joel Mokir, Filipp Agon va Piter Xauitga beriladi.

    Mukofotning yarmi Mokirga “texnologik taraqqiyot natijasida barqaror iqtisodiy o'sish uchun zarur shart-sharoitlarni kashf etgani uchun”, qolgan yarmi esa Agion va Xovittga “ijodiy halokat orqali iqtisodiy o'sish nazariyasini ishlab chiqqani uchun” beriladi.

    2024-yilda Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti Daron Acemoglu, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga “institutlarning shakllanishi va ularning iqtisodiy farovonlikka ta'siri bo'yicha tadqiqotlari uchun” berilgandi.

    Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e'lon qilinishi Nobel haftaligiga yakun yasaydi.

    Sovrindorlarga mukofot 10-dekabr, Alfred Nobel vafot etgan kuni Stokgolm va Osloda topshiriladi, deb xabar berdi meduza.io.