Iqtisodiyot, moliya va kambagʻallikni qisqartirish kompleksida ustuvor vazifalar belgilandi

    Prezidentimiz iqtisodiyot, moliya va kambagʻallikni qisqartirish kompleksidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

    Fargʻona viloyati misolida juda katta resurslar hali ishga solinmagani tahlil qilindi.

    Bundan buyon tuman hokimlarining oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdorligi boʻlishi belgilandi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hududiy ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 10 ta hisobdorlik koʻrsatkichini belgilash topshirildi.