Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Agentlik) tomonidan quyidagi holatlarni aniqlash maqsadida yiliga kamida 3-marta davlat kosmik monitoringi oʻtkaziladi:
- geologiya sohasida – yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shu jumladan, ruxsatnomada koʻrsatilgan hududdan tashqariga chiqish;
- yer munosabatlari sohasida – yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish hamda ularda bino va inshootlar qurish;
- ekologiya sohasida – mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, shuningdek, noqonuniy yangi chiqindi zonalari vujudga kelishi.
2026-yil 1-martdan belgilangan vakolatli organlar oʻzi aniqlagan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha maʼlumotlarni onlayn ravishda tegishli konturlar kesimida raqamli koʻrinishda integratsiya orqali SGM platformasiga taqdim etib boradi.
Bunda maʼlumotlar ogohlantirish berilgani, huquqbuzarlik bartaraf etilgani, hujjatlar prokuratura va sud organlarida koʻrib chiqilayotgani toʻgʻrisidagi belgilarni oʻz ichiga oladi.









