Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi

    Moliya 17 Oktabr 2024 476

    2024-yil 16-oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-159-sonli Farmon bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

    - davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga “Toshkent” RFB savdolari orqali xorijiy valyutada sotish va ular boʻyicha toʻlovlarni shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirish;

    - maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejasiga muvofiq, sanoat zonalari infratuzilma bilan taʼminlangandan va davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingandan soʻng ular hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish.

    Adliya vazirligi matbuot xizmati.