баннер
25 Apr 2025
21:05

    Iroqqa qum bo'roni yopirildi

    Iroqda davom etayotgan qum bo'roni tufayli 1,8 ming nafardan ortiq odam, jumladan, bolalar nafas qisilishidan aziyat chekmoqda.

    Bu haqda Asharq Al-Awsat gazetasi xabar berdi. Mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 700 nafardan ortiq odam nafas qisilishi belgilari bilan shifoxonalarga murojaat qilgan. Tabiiy ofat tufayli Najaf va Basra (mamlakatdagi ikkinchi yirik aeroport) aeroportlari ish faoliyatini to'xtatdi, deb xabar beradi kommersant.ru.

    Bo'ron tufayli ko'rish masofasi qariyb bir kilometrga qisqardi. Iroq Transport vazirligining Meteorologiya va seysmik kuzatuv bosh boshqarmasi Iroqning janubiy va markaziy qismidagi shaharlar eng ko'p zarar ko'rganini bildirdi. Ma'lumotlarga ko'ra, qum bo'roni Saudiya Arabistoni sharqi va Iroq janubi-g'arbiy qismidan harakatlanmoqda.

    Mutaxassislarning fikricha, Iroqda chang bo'ronlari soni ortishi mumkin, deya xabar beradi Asharq Al-Awsat. Nashrning eslatishicha, BMT Iroqni dunyodagi iqlim o'zgarishidan eng ko'p jabrlangan beshta davlatdan biri deb hisoblagan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech