O'n besh kishi o'rtacha darajada jarohat olgan. Avvalroq og'ir jarohatlangan besh kishi shifoxonalarga olib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Qolgan jabrlanuvchilar yengil jarohatlar olgan.
Ikki yo'lovchi poyezdining to'qnashuvi Chexiyaning Zliv shahari va Divchitse qishlog'i o'rtasidagi temir yo'l tarmog'ida sodir bo'ldi. U yerda poyezd qatnovi to'xtatilgan. Politsiya baxtsiz hodisa sabablarini tekshirmoqda, deb xabar berdi tass.ru.









