FVB maʼlumotida keltirilişiça, 25-oktyabr kuni Farğona tumanining Çimyon qişloğida bir oiladan yetti kişi, şu kuni Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasida sodir bölgan hodisalarda yana yetti kişi, 1-noyabr kuni Qöqon şahrida esa beş kişi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Boşqarma maʼlumotida aytilişiça, mazkur rusumdagi ayrim isitiş uskunalari Germaniyadan ehtiyot qismlar sifatida noqonuniy yöllar bilan Özbekistonga olib kirilgan. Ular qayta jihozlanib, göyo yangi holatga keltirilgan va fuqarolarga sotilgan.
Şuningdek, uskunalar Germaniyada işlab çiqarilgan asl dudburonlarisiz olib kirilgani, ularning örniga yuqori harorat taʼsirida erib ketişi mumkin bölgan kanalizatsiya uçun möljallangan polietilen quvurlar örnatilgani bildirilgan.
Boşqarma taʼkidlaşiça, uskunaning havo tortiş quvurlari özboşimçalik bilan mato yoki boşqa buyumlar bilan tösib qöyilişi ham xavfli. Bunday holatda kislorod yetişmasligi tufayli gaz çala yonib, is gazi ajralib çiqişi mumkin.
Farğona viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi fuqarolarni isitiş uskunalaridan foydalanişda ehtiyot bölişga çaqirdi. Agar xonadonda mazkur kamçiliklarga ega isitiş uskunasi örnatilgan bölsa, uni işlatmaslik va keçiktirmasdan mutaxassislarga murojaat qiliş lozim.
Boşqarma, şuningdek, boşqa isitiş uskunalarini ham xonadonga örnatişdan oldin ularning sifat sertifikati, foydalaniş yöriqnomasi, xavfsizlik talablari va işlatişga yaroqliligini mutaxassislar iştirokida tekşiriş zarurligini taʼkidladi.
FVVB fuqarolarni öz hayoti va oilasi xavfsizligiga befarq bölmaslikka çaqirdi.