Farmonga koʻra, quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga oʻqitish tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalish va maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
- xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va oʻzaro manfaatli tizimini yaratish;
- ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash tizimini joriy etish.
2025-yil 1-sentyabrdan ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:
- boʻsh ish oʻrinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik;
- boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish.