Oʻzbekiston boʻyicha 13-17 noyabr kunlariga ob-havo prognozi maʼlum qilindi
Bugun Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida boʻladi.
Ish haftasi davomida respublika boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Hafta boshida baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Havo harorati kundan-kunga koʻtarilib, ish haftasining ikkinchi yarmida kunduz kungi havo harorati 21-24° iliqqacha, respublika janubida baʼzi joylarda 25-27° gacha iliq boʻladi.
Havo harorati hafta oxiriga kelib, kechasi 7-10° iliqqacha koʻtariladi.
Bunday harorat foni noyabr oyining oʻrtalari uchun iqlim qiymatlaridan 5-8° yuqori hisoblanadi.
Poytaxtimizda: 13-17-noyabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan oʻrtacha boʻlgan tezlikda esadi.
Bugun kunduzi havo harorati 14-16° iliq, keyinchalik kunduzgi harorat koʻtarilib, 16-17-noyabrda 21-23° iliq boʻladi. Kechasi harorat 5-7° iliqdan, 8-10° iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.