Ish haftasi oxirigacha Oʻzbekiton hududi boʻyicha issiq ob-havo saqlanib turadi

    Kunduzgi havo harorati +34...39 daraja atrofida, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +41 darajagacha boʻladi.

    «Oʻzgidromet»ning maʼlum qilishicha, ish haftasi oxirigacha Oʻzbekiston hududi boʻyicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati +34…39 daraja atrofida, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 41 darajagacha boʻladi.

    Togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi va momaqaldiroq boʻladi.

    Tekislik hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Oʻzbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida kechga tomon havo bulutli boʻladi, baʼzi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

    Sharqiy yoʻnalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Poytaxtimizda: asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon momaqaldiroq boʻlishi, shaharning ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechasi +20…+25 daraja, kunduzi +35...+38 daraja boʻladi.

    Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon baʼzi joylarda 12-14 м/с.гача kuchayadi.