“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, bugun Respublika hududining katta qismida yoz kabi 35-38 darajagacha issiq boʻladi.
Seshanba va chorshanba kulari havo harorati pasayadi, chorshanba kuniga kelib harorat 25-30 darajani tashkil etadi. Haftaning ikkinchi yarmidan harorat yana koʻtarila boshlaydi
va ish haftasining oxiriga kelib havo 30-33 darajagacha isiydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga 15-20 daraja atrofida eng salqin kun boʻladi, soʻng harorat asta-sekin 28-30 darajagacha koʻtariladi.
Respublika hududining katta qismida hafta davomida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 29-30-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda, 1-2-may kunlari Fargʻona vodiysida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-30-aprelda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 28-30-aprel va 1-2-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 36-38 daraja, seshanba kuni 31-33 daraja, chorshanba kuni 26-28 daraja boʻladi. Ish haftasining ikkinchi yarmida harorat 29-31 darajagacha koʻtariladi.